Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:31
telegram
Navoiyda bog'cha bolalarini urgan tarbiyachi ishdan bo'shatildi, direktor hayfsan oldi

 31 MART, 16:40 155

.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimi tarbiyalanuvchilarni qo'li bilan urayotganligi aks etgan” video lavhalari tarqaldi. 

Aniqlanishicha, ushbu video lavhalarda qayd etilgan holat Karmana tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tegishli bo'lib, mazkur holat 2021 yilning 16 mart kuni mazkur MTTning “Boychechak” guruhi tarbiyachisi Bo'ranova Muxayyo Hakimovna tomonidan pedagogik etikaga rioya qilmagan holda ayrim tarbiyalanuvchilarga nisbatan shunday hatti-harakatlar sodir etilgan.

Ushbu holat 18 mart kuni Karmana tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri N.Xalilova tomonidan joyiga borgan holda mazkur MTT direktori, ayrim ota-onalar va boshqa mas'ullar ishtirokida MTTdagi mavjud kuzatuv kamerasining xotirasini ko'zdan kechirish orqali atroflicha o'rganib chiqilib, muhokama qilingan.

Shuningdek, o'rganish yakunlariga ko'ra, tarbiyachi M.H.Bo'ranova tomonidan voyaga etmagan tarbiyalanuvchilarga nisbatan sodir etgan ushbu hatti-harakatiga qonuniy baho berish va tegishli qaror qabul qilishlik uchun 2021 yilning 19 mart kuni 2-sonli davlat MTTning direktori tomonidan 01-06-sonli xat (holat qayd etilgan tegishli video lavhalar diskka ilova qilingan holda) bilan Karmana tuman IIBga yuborilgan.

Ma'lum bo'lishicha, bugungi kunda Karmana tuman IIB tomonidan mazkur holat atroflicha o'rganib chiqilib, tarbiyachi M.H.Bo'ranovaga nisbatan to'plangan hujjatlar tegishli sudga yuborilgan va hozirda sud tomonidan o'rganib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, M.H.Bo'ranova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Ish beruvchining 31.03.2021 yildagi 27-sonli buyrug'i bilan, tegishli tartibda bekor qilingan.

Bundan tashqari, o'zining funktsional vazifalarini to'liq bajarmaganligi va tashkilotda ishlovchi ishchi-xodimlarni faoliyati ustidan vakolati doirasidagi nazoratni susaytirib yuborganligi uchun ushbu 2-sonli davlat MTT direktori G.Sharopovaga nisbatan Ish beruvchining 31.03.2021 yildagi 74-KB-sonli buyrug'i bilan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, 31 mart kuni viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i O'.Tillaev ushbu 2-sonli davlat MTTga borgan holda, mazkur holatni tuman MTB, ushbu MTT ishchi-xodimlari va ayrim ota-onalar ishtirokida atroflicha yana bir bor o'rganib chiqilib, muhokama qilindi va kelgusida shu kabi salbiy holatlarga yo'l qo'ymaslik, ularni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko'rish bo'yicha mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tizimdagi ishchi-xodimlarning, xususan pedagoglarning bunday xatti-harakatlarini tizim uchun salbiy holat deb hisoblaydi va MTTlar faoliyati ustidan nazoratni hamda keng jamoatchilik va ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytiradi.   

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!