Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:49
telegram
Qarshida aka-ukalar o'zaro jinoiy til biriktirdi

 8 APREL, 17:30 102

.

Qarshi shahar "Beklar" MFYda yashovchilar M.E va Z.E.lar 7 mart kuni soat 12:30 larda o'g'irlik qilish maqsadida o'zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, shu MFYda yashovchi B.U rahbarlik qilib kelayotgan “KOMFORT BARAKA LYuKS” MChJning balansida bo'lgan, hozirgi kundagi bahosi 35.000.000 so'mni tashkil qiluvchi quvvati 250 kVtli transformatorni yashirin ravishda o'g'irlash yo'li bilan talon-toroj qilishganligi PPX va JTSB PPXB 1-otryad bo'linma komandiri va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib ushlangan.

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan M.E va Z.E.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!