Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:01
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
​Sirdaryoda uch nafar egizak dunyoga keldi

 8 APREL, 16:35 89

.

Shirin shaharidagi Mirzo Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Adham Aliev va Zilola Ravshanovalar xonadonida uch nafar egizak farzand dunyoga keldi. 

— Bu ular uchun unchalik ham oson bo'lmadi. Joriy yilning 21 fevral sanasida xomiladorlikni  27-haftasida muddatdan oldingi tug'ruq xavfi tashxisi bilan  viloyat perinatal markazining homiladorlar patologiyasi bo'limiga yotqizilib, chaqaloqlar tug'ilgunga qadar nazoratda ushlab turildi. Onaga oliy toifali akusher-genekolog Rukiya Akmurzaeva tomonidan malakali tibbiy xizmat ko'rsatilib, davolash muolajalari o'tkazildi. Olib borilgan davolash mulojalariga qaramay muddatidan oldingi tug'ruq sodir bo'ldi. Uch egizakning tug'ilishida  markazning malakali mutaxassislaridan bo'lgan  birinchi toifali akusher-genekolog  Shaxlo Xojaeva, oliy toifali neonatolog Sayyora Abdullaevalarning xizmatlari katta bo'ldi, — deydi Sirdaryo viloyat perinatal markazi direktori Xanifa Zokirova.

Chaqoloqlarga Muhammad, Abdulloh, Sulaymon deb ism qo'yishdi. Muhammad 1.600 kilogramm, Abdulloh 1.854 kilogramm, Sulaymon 1.570 kilogramm vazn bilan tug'ildi.  

Ularga oliy toifali neonatologlar Sayyora Abdullaeva, Feruza Axmedova hamda Nazokat Davlatovalar tomonidan davo muolajalari o'tkazildi. Ularning sog'ligi, o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq muammolar to'la to'kis bartaraf etilgach,  Zilola Ravshanovaga  uyiga   chaqaloqlar bilan qaytish uchun ruxsat berildi.

Bunday quvonchli xabar o'tgan yilning avgust oyida ham Sirdaryoda kuzatilgandi. O'shanda ham, Shirin shahrida yashovchi  Mamadalievalar olasida barvarakayiga uch nafar qizaloq tug'ilgan edi. Ularga ham mazkur markazning tajribali mutaxassislari tomonidan malakali tibbiy xizmat ko'rsatilgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!