Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:54
telegram
Sergeli hokimi: "Konteynerga ko'chib o'tadigan darajada ayb ish qilganim yo'q"

 31 MART, 16:25 159

.

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida hokimlarning konteynerlarga ko'chib o'tishi haqida munosabat bildirdi. Bu haqda "gazeta.uz" yozmoqda.

«Men konteynerga ko'chib o'tmayman. Konteynerga ko'chish uchun ayb ish qilganim yo'q deb o'ylayman. Konteynerlarga ko'chib o'tganlarga e'tibor qaratilsa, balki bir tarafdan bu to'g'ridir. Hududlar katta, shunday tumanlar borki bir chekkasidan ikkinchisiga borish uchun 1 soat yurishga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, balki hokim biror mahalla bilan to'liq shug'ullanmoqchi bo'lsa, ularning o'sha erda konteynerga joylashishi va yashashida ma'no bordir», — dedi u.

Hokim prezident tomonidan konteynerga hamma ko'chishi kerakligi haqida aytilmaganini ta'kidladi.

«Men buni aniq eslayman. Prezident pastga tushishni aytgan. Misol uchun, Chirchiq bo'yicha yurganda ham belkurak olib shu erni tozalaysan dedilar», — deb aytdi Elbek Shukurov.

«Lekin odamga ishlashi va yashashi uchun konteyner qulay bo'lsa, nega unday qilmasligi kerak? Menda mikroavtobus bor. Odatda biz to'rttalamiz tumanni mana shu mikroavtobusda aylanib chiqamiz. Agar 1−2 kun davomida biz biror joyda ushlanib qolsak, mana shu sayyor shtabimizda barcha sharoitlar — televizor, narsalarni yozish, rejalashtirish, chizmalarni chizish uchun stol bor. U erga 12−14 ta odam sig'adi. Toshkent shinam, konteynerga ko'chishga hojat yo'q. Men ko'chmayman», — deya qo'shimcha qildi tuman hokimi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!