Din ishlari bo'yicha qo'mitaga yangi rais tayinlandi
8 APREL, 14:50
Prezidentining tegishli Qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi lavozimiga Sodiq Toshboev tayinlandi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Sodiq Toshboev Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari bo'lgan.
Manba: aniq.uz