Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:52
telegram
Savdo-ko'ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlarga 25 sotix er maydonlari bepul ajratilad

 8 APREL, 14:35 77

.

Savdo-ko'ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlarga 25 sotix er maydonlari bepul ajratiladi

? Farmonga ko'ra:

➖ Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami o'rindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam bo'lmagan savdo-ko'ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlarga qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan 25 sotix er maydonlari bepul ajratiladi;

➖ 2021 yil 1 iyuldan yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko'ngilochar komplekslarida jami o'rindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 ta kam bo'lmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;

➖ 2024 yil 1 yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi;

➖ yangi tashkil etilgan kinoteatrlarga ular faoliyatining dastlabki uch oyi davomida Agentlik buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan milliy filmlar bepul etkazib beriladi.

➖ 2021 yil 1 dekabrgacha respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

? 2022 yil 1 avgustdan mazkur axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

☑️ Shuningdek, Markaz huzurida axborot-multimedia striming platformasi tashkil etildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!