Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:03
telegram
"Sirdaryo suv ta'minoti" MChJ Guliston shahar bo'limi nazoratchi-inspektorining aholiga qa

 8 APREL, 14:30 88

.

"O'zsuvta'minoti" AJ vakillari tomonidan "Sirdaryo suv ta'minoti" MChJ Guliston shahar iste'molchilarini o'rganish davomida qalbaki kvitantsiya aniqlangandi.

"Sirdaryo suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berilishicha, "Sirdaryo suv ta'minoti" MChJ mas'ul xodimlari ishtirokida Guliston shahar bo'limi nazoratchi-inspektori M.Xalilov tomonidan aholiga qalbaki kvitantsiya berilganligi holati yuzasidan o'rganish o'tkazildi.

"O'rganish davomida yuqorida qayd etilgan M.Xalilov tomonidan xonodon egasiga qalbaki kvitantsiya berilganligi holati o'z tasdig'ini topdi. Xonodon egasiga 800 000 so'm pul mablag'i qaytarildi.

"Sirdaryo suv ta'minoti" MChJ tomonidan M.Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", — deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!