Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:41
telegram
NASA Marsda paydo bo'lgan «kamalak» yuzasidan izoh berdi

 8 APREL, 13:25 80

.

NASA olimlari Perseverance marsoxodi tomonidan yuborilgan Marsdagi kamalakning fotosuratiga izoh berdi, deb yozmoqda Tengrinews.

Avvalroq Perseverance marsoxodi Marsda kamalakni suratga tushirgan edi. Ushbu kamyob hodisaning fotosurati NASA saytida e'lon qilindi. Tarmoq foydalanuvchilari uni muhokama qila boshladi va fotosuratda kamera ob'ektividagi oddiy quyosh nurlari ekanini ta'kidladi.

Olimlarning so'zlariga ko'ra, Marsdagi suv miqdori Erga taqqoslaganda ming barobar kam, shuning uchun Qizil sayyorada yomg'irdan keyingi oddiy kamalakning paydo bo'lishi mumkin emas. Gap Mars havosidagi chang natijasida paydo bo'lgan g'ayrioddiy kamalak haqida ketmoqda.

NASA muhandislari buning kamalak emas, balki shunchaki ob'ektiv linzalarining maxsus sozlanmasidan kelib chiqqan tasvirlar ekanini aytdi. Agar quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri smartfon kamerasining ob'ektiviga tushsa, shunday tasvirni kuzatish mumkin.

«Ko'pchilik so'rayapti: bu Marsdagi kamalakmi? Yo'q. U erda kamalak bo'lishi mumkin emas», — deyiladi NASA’ning Twitter sahifasidagi xabarda.

Mars havosida suv bug'lari Er atmosferasiga qaraganda ming marta kamroq, shuning uchun u erda kamalak bo'lishi mumkin emas, deb xulosa berdi muhandislar.

Perseverance marsoxodi 11 aprel kuni sinov parvozini amalga oshirishi kerak bo'lgan Ingenuity dron-vertolyotining ishga tushirilishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ingenuity boshqa sayyoralar atmosferasidagi parvoz uchun mo'ljallangan, insoniyat yaratgan birinchi uchar qurilma hisoblanadi.

Avvalroq arxitektura inshootlari bilan shug'ullanuvchi ABIBOO studiyasi Marsdagi birinchi shaharning rejasini taqdim etgani haqida xabar berildi. Nyuva nomini olgan shaharni Marsda 2054 yildan 2100 yilga qadar qurish rejalashtirilgan. U Tempa Mensa tog'i yaqinida joylashadi. Mahalliy aholi uylari keskin qiyalikka ega qoyaga quriladi. Bu ularni radiatsiya va to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlaridan himoyalaydi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!