Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:28
telegram
Samarqandda "qo'ylar isyoni": rasmiy ma'lumot berildi

 8 APREL, 00:50 103

.

Joriy yilning 6 aprel kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi bir qator fuqarolar tomonidan mahalliy hokimiyat binosi hududiga qo'ylarni haydab kelib, sodir etilgan norozilik namoyishi to'liq o'rganildi.    O'rganishlar natijasida, tumandagi “Qilichli” mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yaylovlardan ijara shartnomalarisiz bepul foydalanish ilinjida mazkur yaylov maydonida 4 000 boshdan ortiq qo'ylar boqilayotganligi vaj qilib ko'rsatilib, klaster rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar “ko'zini qo'rqitib qo'yish” maqsadida fermer xo'jaligiga tegishli bo'lgan 1450 bosh qo'ylar tuman markazida joylashgan Nurobod tumani hokimligi hududiga haydab kelinganligi aniqlangan.    Shundan so'ng, viloyat prokurori Ravshan Masharipov, Respublika “Qorako'lchilik” uyushmasi raisi Erkin Xayitov va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda keng jamoatchilik, OAV vakillari va oqsoqollar ishtirokida mahalliy aholi bilan uchrashib, qorako'lchilik tarmog'ida amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha suhbat o'tkazib, yaylovlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslari tushuntirildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!