Xayirli tong, Guest!
Soat: 10:46
telegram
Pekin — eng ko'p milliarder yashaydigan shahar nomini oldi

 7 APREL, 19:40 109

.

Pekin dunyodagi eng ko'p milliarder yashaydigan shaharga aylandi. O'tgan yili bu erda yashaydigan milliarderlar soni 100 nafarga etgan. Bu Forbes jurnali bergan ma'lumotda aks etgan.

Qayd etilishicha, o'tgan yili Xitoy poytaxtida 33 nafar yangi milliarder paydo bo'lgan. Pekinning eng boy insoni ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjen Imin hisoblanadi. Uning boyligi 35,6 mlrd dollarni tashkil etadi.

Undan keyingi o'rinni 99 nafar milliarder bilan Nyu-York egalladi. Bu shaharda o'tgan yili milliarderlar safiga yana etti kishi qo'shilgan. Nyu-Yorkdagi eng boy inson esa shaharning sobiq meri va biznesmen Maykl Blumberg bo'lib, uning boyligi 59 mlrd dollar.

Shu bilan birga, AQSh milliarderlar soni bo'yicha etakchi bo'lib turibdi (724 nafar). Xitoy Hongkong va Makaoni qo'shib hisoblaganda ikkinchi o'rinda (698 nafar). Keyingi o'rinlarni Hindiston (140), Germaniya (136) va Rossiya (117) egallagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!