Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:11
telegram
AQSh ham Olimpiada o'yinlarida qatnashmaslik masalasini ko'rib chiqmoqchi

 7 APREL, 19:35 152

.

AQSh hukumati 2022 yilda Pekinda bo'lib o'tadigan qishki Olimpiada o'yinlarini boykot qilish g'oyasini ko'rib chiqadi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma'lum qildi, deb xabar berdi Financial Times.

 «Biz ittifoqchilar bilan boykot g'oyasini muhokama qilmoqchimiz», — dedi Prays.

Ammo keyinroq u Twitter sahifasida «2022 yilgacha hali uzoq ekani», shu bois hech qanday qaror qabul qilinmaganini yozdi.

Avvalroq 200ga yaqin huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar Olimpiada-2022ni boykot qilishga chaqirgandi. Bunga Shinjondagi uyg'urlarning huquqlari buzilayotgani to'g'risidagi hisobot sabab bo'ldi.

AQSh milliy olimpiya qo'mitasi boykotga qarshi chiqdi.

 «Bu global muammolarni hal qilmaydi, sportchilarga salbiy ta'sir ko'rsatadi», – deyilgan qo'mita bayonotida.

XXIV qishki Olimpiada 2022 yil 4–20 fevral kunlari Pekinda bo'lib o'tadi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!