logotip
Hi, Guest!
Soat: 06:15
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Har shanba: Toshkentdan Moskvaga muntazam aviareyslar qayta yo'lga qo'yiladi

 7 APREL, 18:25

2021 yilning aprel oyidan boshlab, Toshkent - Moskva - Toshkent yo'nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, parvozlar har haftaning shanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo'nalish bo'yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga parvozdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan manfiy natijali PZR testi ma'lumotnomasi talab etiladi.

Reyslarda O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo'yilmagan O'zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari uchishi mumkin.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR