Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:57
telegram
Diqqat! 17 maydan «Haj» va «Umra» safarlariga ruxsat berilishi mumkin — Din ishlari bo'yicha qo'mita

 7 APREL, 15:55 116

.

Bu haqda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Muzaffar Kamilov Senat va «Yuksalish» UMH tomonidan o'tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida ma'lum qildi.

«Kechagi ma'lumotni olib qarasak, Saudiya Arabistonida bir kunda kasallanish holati 600 nafardan oshdi. Aksari Makka va Ar-Riyoz hududiga to'g'ri kelayapti. O'tgan kuni esa Madina shahrida ko'proq edi. Shu sabab Saudiya Arabistoni to'liq yopilgan, «Umra» dasturlari hammasi to'xtatilgan», — dedi qo'mita vakili.

U hozirda safarlarni amalga oshirish yuzasidan davlatlar o'rtasida yozishmalar olib borilayotganini aytdi.

«Jidda shahridagi konsullikda «Haj» va «Umra» ishlari bo'yicha alohida attashe faoliyat ko'rsatadi. Kecha ham biz ma'lumot oldik. Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi bayonotidan kelib chiqsak, agar vaziyat biroz barqarorlashsa, 17 maydan ular ochishi mumkin. Ular Sog'liqni saqlash vazirligini xulosasiga tayangan holda ish ko'radi», — dedi Kamilov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!