Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:18
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
“Chinoz kimyo ta'minot” MChJ sobiq rahbari va boshqalar 158,8 tonna ammiakli selitrani talon-toroj q

 7 APREL, 15:45 104

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo'limi tomonidan fermer xo'jaliklarining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chinoz kimyo ta'minot” MChJ sobiq rahbari X.K. va ekspeditori I.R.lar oldindan til biriktirib, moddiy javobgarligiga berilgan umumiy qiymati 341,8 mln so'mlik 158,8 tonna ammiakli selitrani, go'yoki 11 ta fermer xo'jaliklariga tarqatilganligi to'g'risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, aslida boshqa shaxslarga sotib yuborib, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.K. va I.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!