Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:42
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Xatirchi tumanida aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh et

 7 APREL, 15:10 87

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, “Xatirchi-Uchqara” gaz to'ldirish shahobchasi mansabdor shaxslari fuqaro S.A.ga aholi iste'moli uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazni har bir kilogrammini 2,5 ming so'mdan hisoblab, 300 AQSh dollari va 14,9 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Bundan tashqari, shahobcha mansabdor shaxslari umumiy qiymati 16,2 mln so'lik 5 tonna suyultirilgan gazni hisobotlarga qo'shib yozish orqali ortiqcha chiqim qilib, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!