Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:06
telegram
AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

 7 APREL, 10:20 116

.

Gooding&Company onlayn-auktsioni orqali 1955 yilda ishlab chiqarilgan noyob Ferrari 250 Europa GT sotuvga qo'yiladi. Hozirga qadar 33,5 ming kilometr yozgan sportkar 2,5 million dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company

Berlinetta 250 Europa GT modeli Gran Turismo yorlig'ini olgan birinchi Ferrari hisoblanadi. Ikki eshikli sportkar dizayni Jovanni Battista Farina tomonidan yaratilgan. Italiya firmasi bu kabi mashinadan jami 40 dan ortiq nusxa yiqqan bo'lib, ularga 220 ot kuchiga ega uch litrli Colombo V12 motorlari o'rnatilgan. Agregat to'rt pog'onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Sport kupesi soatiga 100 kilometr tezlikka etti soniyada erishadi, maksimal tezligi — 230 kilometr/soat.


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company

Sotuvga qo'yilgan sportkar qora dag'al kuzov va sarg'ish charm salonli noyob kombinatsiyaga ega bo'lgan. Bundan tashqari, Ferrari buyurtmachisining xohishiga ko'ra, individual qurilmalar paneli bilan jihozlangan. 1960 yillar o'rtasida Ferrari egasi sportkarni garajga joylashtirgan va shundan buyon mashinadan foydalanmagan. Uzoq vaqt harakatsiz turgan avtomobil kuzovining ayrim joylari zanglagan, saloni qayta ta'mirga muhtoj.


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company

Mazkur Ferrari 250 Europa GT hech qachon restavratsiya qilinmagan va o'z tarixida birinchi marta sotuvga qo'yilmoqda — savdolar 2021 yilning mayida bo'lib o'tadi.

Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli bo'lgan Ferrari F430 auktsionga qo'yilgani to'g'risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Germaniyalik erkak bir yil kutgan Ferrari’sini xarid qilganidan olti soat o'tib avariyaga uchradi


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Foto: Gooding&Company


AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!