Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:20
telegram
O'zbekistonlik MMA jangchisi Amin Ergashev EFC 35 musobaqasida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchrat

 7 APREL, 10:15 114

.

O'zbekistonlik og'ir vazn toifasidagi MMA jangchisi Amin Ergashev (11-4) o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

Ergashev EFC 35 doirasida 6 aprel, seshanba kuni rossiyalik Dmitriy Xvalchenkoga (2-3) qarshi oktagonga ko'tarildi.

Jang 1-raunddayoq nihoyasiga etdi. Ergashev raqibini parterga olgan holda unga ketma-ket kuchli zarbalar berib, muddatidan avval g'alabani tantana qildi.

Jang videosini bu erda tomosha qilish mumkin — video.

Ergashev MMA’dagi faoliyati mobaynida 15 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alabaga erishgan, to'rt bor mag'lubiyatga uchragan. Bundan avval Ergashev 2019 yilning noyabrida Toshkentda o'tgan GFC 20 musobaqasida jang qilgandi. Ergashev belaruslik Sergey Alekseevichga qarshi kechgan bellashuvning 11-soniyasidayoq kuchli zarba qabul qilib olgan va nokautga uchragandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!