Xayirli tong, Guest!
Soat: 10:48
telegram
Chempionlar Ligasi. «Real» Madridda «Liverpul»ni taslim etdi, Vinisiusdan dubl. «Manchester Siti» es

 7 APREL, 10:10 80

.

Futbol bo'yicha Evropa Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki uchrashuvlaridan o'rin olgan ikki bahs 6 aprel, seshanba kuni bo'lib o'tdi.


Chempionlar Ligasi. «Real» Madridda «Liverpul»ni taslim etdi, Vinisiusdan dubl. «Manchester Siti» esa so'nggi daqiqada g'alabani ilib ketdi

Foto: Twitter / «Daryo»

«Real» Madridda «Liverpul»ni qabul qildi. Dastlab 27-daqiqada Vinisius Junior hisobni ochib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada kelib, Marko Asensio oradagi farqni yana bittaga oshirdi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga 2:0 hisobida yo'l oldi.

Ikkinchi 45-daqiqalikda ham ikkita gol kiritildi. 51-daqiqada Muhammad Saloh hisobni qisqartirgan bo'lsa, 65-daqiqada Vinisius Junior dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa Zidan shogirdlari o'z uyida g'alabani tantana qildi.

«Real»—«Liverpul» uchrashuvidagi gollarni bu erda tomosha qilish mumkin — video.


Chempionlar Ligasi. «Real» Madridda «Liverpul»ni taslim etdi, Vinisiusdan dubl. «Manchester Siti» esa so'nggi daqiqada g'alabani ilib ketdi

Foto: Twitter / «Daryo»

«Manchester Siti» o'z maydonida «Borussiya D»ni qabul qildi. Uchrashuvda Pep Gvardiola qo'l ostidagi «shaharliklar»ning qo'li baland keldi. Mezbonlarning gollariga Kevin de Bryuyne va Fil Foden mualliflik qilgan bo'lsa, «Borussiya D»ning javob to'pi Marko Roys hisobiga yozildi.

«Manchester Siti»—«Borussiya D» uchrashuvidagi gollarni bu erda tomosha qilish mumkin — video.

Har ikkala juftlikning javob bahslari 14 aprel sanasiga belgilangan.

EChL

1/4 final, dastlabki bahslari

6 aprel, seshanba

«Real Madrid» Ispaniya – «Liverpul» Angliya 3:1

Gollar: 1:0 – 27 Vinisius Junior, 2:0 – 36 Asensio, 2:1 – 51 Saloh, 3:1 – 65 Vinisius Junior.

«Real»: Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.

«Liverpul»: Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Kabak (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Diogu Jota (Shakiri, 81), Fabino, Saloh, Keyta (Tiago Alkantara, 42).

Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).

«Manchester Siti» Angliya – «Borussiya D» Germaniya 2:1

Gol: 1:0 – 19 de Bryuyne, 1:1 – 84 Roys, 2:1 – 90 Foden.

«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Uoker, Stounz, de Bryuyne, Gundo'g'on, Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 59), Rodri, Mahrez, Foden.

«Borussiya D» – Hitts, Morey, Akanji, Hummels, Gerreyru, Bellinhem, Jan, Knauff (Reyna, 63), Daud (Dileyni, 81), Roys, Holand.

Ogohlantirishlar: Jan (30), Bellinghem (37).

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!