Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:16
telegram
Davlat ishtirokidagi korxonalar soni qisqartiriladi

 31 MART, 14:40 125

.

Hukumat qarori (166-son, 29.03.2021 y.) bilan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar tasdiqlandi.

? Maqsadli ko'rsatkichlar doirasida:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi: ➖ davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aktsiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi; ➖ davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a'zolar soni 2025 yilga qadar 30 foizgacha etkaziladi. 

? 2021 yil 1 iyuldan:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qo'mitasi tashkil etiladi; ➖ aktsiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag'iga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan aktsiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplaens) xizmati tashkil etiladi.

✅ 2022 yil 1 yanvardan:

➖ strategik sohalarga oid ayrim aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aktsiya) bekor qilinadi; ➖ ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi a'zolari vakolatlari 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi; ➖ davlat ulushi bo'yicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a'zoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.

? Shuningdek, Strategiyaga ko'ra:

➖ davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ a'zoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish; ➖ davlat xizmatchilarining bir vaqtning o'zida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (a'zosi) lavozimlarini egallashi amaliyotlari bekor qilinadi. 

? Ijro etuvchi organ rahbari va a'zolari javobgarligi bo'yicha sug'urta qilish mexanizmi joriy qilinadi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!