Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:33
telegram
Evropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaktsinasi qonda tromb keltirib chiqarishini tasdiqladi

 7 APREL, 08:50 85

.

Evropa dori-darmon agentligi (EMA) vakili koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasi bilan emlash va qonda tromb kelib chiqishi o'rtasidagi bog'liqlikni tasdiqladi. Bu haqda EMA vakili Marko Kavaleriga asoslanib, «RBK» xabar berdi.

«Endilikda AstraZeneca bilan emlashning tromboz keltirib chiqarishini aniq ayta olamiz. Ammo ushbu reaktsiyaga nima turtki bo'layotganini hali bilmaymiz. Xulosa qilib aytganda, yaqin bir necha soat ichida ushbu bog'liqlik haqida ma'lum qilamiz, ammo bu qanday sodir bo'lishi bizga ayon emas», — dedi Kavaleri Italiyaning Il Messaggero gazetasiga bergan intervyusida.

«Nima bo'layotgani to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishga, vaktsinaning ushbu nojo'ya ta'siri qanday yuzaga kelayotganini aniqlashga harakat qilyapmiz. Mazkur vaktsina bilan emlangan yoshlar orasida miya trombozi bilan kasallanish soni biz kutganimizdan yuqori. Buni tan olishimiz kerak », — dedi u.

Eslatib o'tamiz, preparat bilan emlanganlar orasida tromboz va ketma-ket sodir bo'lgan o'lim holatlari sababli AstraZeneca vaktsinasining obro'si tushib ketdi. Birinchi bo'lib Avstriya davlati vaktsinadan foydalanishni to'xtatdi. Keyinchalik Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Portugaliya, Kipr, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Islandiya, shuningdek, Evropadan tashqaridagi Indoneziya, Kongo va Janubiy Afrika mamlakatlarida mazkur vaktsinadan foydalanish to'xtatilgan.

Evropa Dori-darmon agentligi (EMA) koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasi xavfsiz va samarali deb e'lon qilgach, Evropa davlatlari ushbu preparat bilan emlashni qayta boshladi. Xususan, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Bolgariya, Portugaliya va Sloveniya, shuningdek, Kanada va Latviyada ham AstraZeneca bilan emlashni qayta boshlashga ruxsat berildi.

Biroq, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya va Irlandiya hali ham AstraZeneca’ni qo'llashdan bosh tortmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!