Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:40
telegram
«Forbes» ayni paytda dunyoning eng boy odamlari reytingini e'lon qildi

 7 APREL, 04:15 38

.

«Forbes» sayyoradagi eng boy odamlarning 35 yillik reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, kuchli uchlik:

«Amazon» asoschisi Jeff Bezos ketma-ket to'rtinchi yil reytingning etakchisi sifatida qayd etilgan. Uning boyligi bir yil ichida 64 milliard dollarga oshib, 177 milliard dollarga etgan.

 «SpaceX» va «Tesla» aktsiyalariga egalik qiluvchi Ilon Mask esa boyligini bir yil ichida 6 baravarga oshirib 151 milliard dollarga etkazgan va reytingda ikkinchi o'ringa chiqqan.

«Louis Vuitton Moyot Hennessy» guruhi prezidenti Bernard Arno 150 milliard dollarlik boyligi bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Uning boyligi yil davomida deyarli 2 baravarga oshgan.

Qayd etilishicha, Alisher Usmonov reytingda 97 o'rinda bo'lib, uning boyligi 18,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma'lumot uchun, 2021 yilgi «Forbes» reytingidan 2755 milliarder joy olgan. Ularning umumiy boyligi 13,08 trillion dollarga etgan. Pandemiyaga qaramay, ro'yxatga kiritilganlar yil davomida $5 trillionga boyigan. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!