Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 19:34
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Phanes Group» kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stantsiya quradi

 6 APREL, 22:15

O'zbekiston Energetika vazirligi va «Phanes Group» xalqaro kompaniyasi o'rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr stantsiyasini (QES) qurish to'g'risida investitsiya shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, kompaniya va «O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ o'rtasida elektr energiyasini sotib olish to'g'risida bitim imzolangan.

Bitim 200 MVt quvvatga ega bo'lgan quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatatsiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV nimstantsiyani o'z ichiga oladi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR