Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:20
telegram
Rossiya O'zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi

 6 APREL, 22:00 82

.

Rossiya «Innoprom» ko'rgazmasi doirasida O'zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini topshirdi. 

Ulardan 16 tasi «Sobol» yo'ltanlamasi va 4 tasi esa «GAZel NEXT» mobil tibbiyot majmuasidir.

Ma'lum qilinishicha, «GAZel NEXT» mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko'riklar, profilaktika, tashxish qo'yish va davolash tadbirlari uchun mo'ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to'laqonli tibbiyot xonasidir. U erda turli yo'nalishdagi shifokorlar o'z ishlarini olib borishlari mumkin.

Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.

Mashinalarni respublika Sog'liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!