Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:16
telegram
AQShda koronavirusning to'rtinchi to'lqini boshlandi

 6 APREL, 20:20 105

.

AQShda koronavirusning to'rtinchi to'lqini boshlangani haqida xabar berildi.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytdagi vaziyat Qo'shma Shtatlarda ma'lum ma'noda koronavirusning navbatdagi to'lqini haqida aytishga zamin yaratgan. Chunki so'nggi oylarda mamlakatda koronavirusning bir nechta yangi shtammlari paydo bo'lgan.

«Ishonch bilan ayta olamanki, hozirda pandemiyaning navbatdagi to'lqini ichidamiz. Faqatgina yaxshi yangilik shundaki, amaldagi vaktsinalar ushbu «britancha» shtamga qarshi samarali hisoblanadi», — deya qayd etdi prezident Baydenning COVID-19 o'tish davri bo'yicha maslahat kengashi a'zosi sifatida ishlagan Osterxolm.

Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda pandemiya boshlanganidan beri 30,7 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 554 mingdan ortig'i vafot etgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!