Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:34
telegram
Emlanganlarda yuqori immunitet hosil bo'lishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Sevara Ubaydulla

 6 APREL, 18:55 77

.

Joriy yilning 6 aprel kuni AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Koronavirusga qarshi shtab a'zosi Sevara Ubaydullaeva emlanganlarda yuqori ko'rsatkichli immunitet hosil bo'lishi uchun nimalarga amal qilish lozimligi haqida ma'lumot berdi.

Yaqinda kasallikni boshdan o'tkazgan va qonida antitanachalar paydo bo'lgan shaxslar uchun emlash hech qanday ziyon keltirmaydi. Aynan emlash immunitet himoyani kuchaytirishiga hissa qo'shadi. Ya'ni, emlanish shu organizmda paydo bo'lgan immun tanachalar titrini yanada ko'paytirish imkonini beradi.

“Shu o'rinda ta'kidlab o'tmoqchimizki, inson organizmida past ko'rsatkichlarda bo'lsa-da, immunitet antitanachalari titri bo'lsa, u odamlar himoyalangan bo'ladi. Lekin agarda qon tahlilida antitanachalar titri tushib ketsa, bu odamda himoya yo'q degani va u odam imkon qadar tezroq emlanishi kerak, chunki u ayni shu damda koronavirusdan himoyalanmagan bo'ladi”, dedi shtab a'zosi.

 Mutaxassis fikriga ko'ra, emlangan odamlar yuqori ko'rsatkichlarda immunitet hosil qilishi uchun:

 vaktsinani belgilangan tartibda (ikki yoki uch marta) to'liq olishi;  emlanish jarayonida salomatlikni ehtiyot qilishi, ya'ni boshqa yuqumli kasalliklar yoki surunkali kasalliklar xurujini keltirib chiqarmasligi;  sog'lom turmush tarzi, engil jismoniy faollik, sog'lom ovqatlanish orqali immunitetni ko'tarishi;  karantin qoidalariga to'liq rioya qilishi, ya'ni uyda ham, uydan tashqarida ham ijtimoiy masofani saqlashi, atrofida odamlar yoki bolalar ko'paysa niqob taqishi, doimiy ravishda qo'llarni yuvishi, tomoq va burunni chayib turishi talab etiladi.

“Emlanayotgan inson shu emlash jarayoniga taalluqli barcha talablarni bajarsa, uning organizmida (2 yoki 3 marta) emlanish bosqichlarida yuqori darajada antitanachalar paydo qilinsa, shu antitanachalar mavjud davrida koronavirusdan himoyalangan bo'ladilar”, deya Sevara Ubaydullaevning so'zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!