“Evro otasi” Robert Mandell vafot etdi
6 APREL, 15:30
Nobel mukofoti laureati va evroni o'ylab topgan mashhur iqtisodchi Robert Mandell 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida uning hamkasbi Sofiya Jonson xabar qilgan.
Professor 4 aprel kuni Italiyaning Toskana viloyatida hayotdan ko'z yumgan. Mandell evro asoschilaridan biri hisoblanadi. Iqtisodchi valyuta uchun teoretik asosni yaratish ustida 1960-yildan ish boshlagan.
Taniqli iqtisodchi Nobel mukofotini 1999 yilda iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha qo'lga kiritgan edi. Robert Mandell Chikago universitetida doktorlik darajasini olgan, Stenford hamda Chikago universitetlarida dars bergan.
Manba: aniq.uz