Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 13:34
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Fuqaroga soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan sobiq mutaxassisning qilmishi fosh bo'ldi

 6 APREL, 14:45

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Er tuzish va ko'chmas mulk kadastr davlat korxonasi Jondor tuman filiali sobiq mutaxassisi A.Q. fuqaro G.ning “Dalmunobod” MFYda joylashgan 6 sotix er maydonida noqonuniy qurilgan uy-joyini hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollarini olib, soxta kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR