Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:57
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Jomboyda fuqarolarga ajratilgan kredit mablag'ini talon-toroj qilgan MChJ faoliyati fosh etildi

 31 MART, 12:25

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.T.” MChJ rahbari hududiy tijorat bankidan jismoniy shaxslarga issiqxona qurib berish uchun ajratilgan 105 mln so'm kredit mablag'ini issiqxona qurib bermasdan, o'z manfaatlariga ishlatib o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “K.T.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR