Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:31
telegram
Chirchiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet onlayn ta'limga o'tkazildi

 6 APREL, 13:15 100

.

5 apreldan Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti onlayn ta'limga o'tkazildi.

Chirchiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet masofaviy ta'lim shakliga o'tkazildi. Bu haqda mazkur muassasa bilan bog'langan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tabiiy fanlar fakultetining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarda koronavirus infektsiyasi aniqlangani sababli o'qish 5 apreldan 19 aprelga qadar masofaviy (onlayn) ta'lim shakliga o'tkazildi. 

Necha nafar talaba kasallikka chalingani bilan bog'liq ma'lumotga hozircha oydinlik kiritilmadi.

Qolgan barcha ta'lim yo'nalishlarda o'qiydigan talabalar o'rnatilgan tartibda an'anaviy (oflayn) o'qishni davom ettirishi ma'lum qilindi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!