Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:12
telegram
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun ajratilgan mablag'lar talon-toroj qilindi

 6 APREL, 12:35 89

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Angren, Nurafshon, Olmaliq shaharlari, Piskent, O'rtachirchiq va Yangiyo'l tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash yuzasidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan 6 ta MChJ o'rtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilib, amalda bajarilmagan ishlarni qo'shib yozish orqali jami 493,8 mln so'm byudjet mablag'lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!