Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:12
telegram
Pochta jo'natmasi orasidan ulkan ilon chiqdi

 6 APREL, 10:15 88

.

Tailandda pochta etkazish xizmati xodimlari anime haykalchali jo'natmani etkazib berish jarayonida kutilmagan hodisaga duch kelishdi. Oldilarida bitta yo'l bor – jo'natmani erga tashlab qochish edi. Chunki haykal deb olib ketilayotgan jo'natmaning ichida tirik nimadir qimirlayotgani ma'lum bo'ldi.

Qutiga jo'natuvchining ism- sharifi yozilmagan, ammo qimmatbaho yirik hajmli anime haykalchasini bor edi va ustiga “Ehtiyot bo'ling! U juda qimmat» – deb yozilgan ma'lumot bor edi. Xodimlardan birining aytishicha, haykalcha boshqa jo'natmalar singari kichkina karton qutiga skotch yordamida mahkam qilib o'ralgan holda bo'lgan. Pochta xizmati xodimlari jo'natmani etkazib berish uchun saralash paytida ular jo'natmaning burchagini nimadir tirnayotganiga va o'sha joy biroz yirtilganiga e'tibor qaratishgan.

Shundan so'ng pochta xodimlari qutida ular o'ylagan narsa emasligini tushunib etishgan. Jo'natmaning ichidagi narsa nima ekanligiga qiziqib, kichik teshikcha ochishdi va kutilmaganda ichidan uch metrli jonli pitonning boshi paydo bo'lib, u asta-sekin asirlikdan chiqa boshladi.

Pochta xodimlar paydo bo'lgan xavfli “mehmon”dan dahshatga tushib, xonani darhol tark etishdi. Pochta aloqasi bo'limiga darhol qutqaruv guruhi chaqirildi. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib bordi va “chaqirilmagan mehmon”ni tutib, xavfni bartaraf qildi. Pochtadagi ko'ngillilardan biri ilondan qo'rqmasdan boshidan ushlab turgan paytda qutqaruv xodimi jonzotni sumkaga soldi. So'ng ilon xavfsiz joyga olib ketildi.

Keyinchalik, pochta aloqasi ma'muriyati ilonni tashib o'tish anime figurasi niqobi ostida qilinganmi yoki shunchaki tasodifan adashish oqibatida ketib qolganmi, aniqlash maqsadida o'zlarining kichik -tergovlarini o'tkazganlar. Ehtimol, jo'natuvchi hech kim qutini tekshirmaydi deb umidda qutiga ilon solgan bo'lishi mumkin. Ammo, qanday bo'lmasin, pochta aloqasi rahbariyati ushbu savollarning barchasiga javoblarni oshkor qilmaslikni tayinladi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!