Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:52
telegram
Frantsiya vazirlari yashirincha hashamatli kechki ovqatlarda qatnashganmi?

 6 APREL, 09:50 86

.

Parij prokuraturasi ba'zi vazirlarning restoranlarda yashirincha kechki ovqatlarni o'tkazgani haqidagi xabarlarni tekshirishni boshladi, deb yozadi Interfaks

Parij politsiya prefekturasi, o'z navbatida, tergovning maqsadi «amaldagi sanitariya-epidemiologiya cheklovlariga zid bo'lgan barcha maxfiy o'tirishlar tashkilotchilari va ishtirokchilarini aniqlash» ekanligini ko'rsatdi.

Surishtiruv M6 telekanali «bir qator vazirlar» Parijdagi hashamatli restoranlarga yashirincha tashrif buyurganliklari haqidagi xabarlarni berganidan keyin boshlandi.

Europe 1 radiostantsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, bunday restoranlarda bir kishi uchun kechki ovqat narxi 160 dan 490 evrogacha etishi mumkin. Shundan so'ng, Frantsiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ijtimoy tarmoqlarda «tasdiqlangan taqdirda, ushbu maxfiy kechki ovqatlarning tashkilotchilari va ishtirokchilarini sudga berish uchun taqdim etilgan faktlarning to'g'riligini tekshirish uchun Parij politsiya prefekturasiga murojaat qilganini» yozdi.

Eslatib o'tamiz, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish choralari doirasida Frantsiyadagi restoranlar oktyabr oyidan beri yopiq.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!