Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:17
telegram
Umraga borishni istaganlar koronavirusga qarshi emlangan bo'lishi kerak

 6 APREL, 09:00 89

.

Koronavirusga chalinish holatlari ortgani sababli Saudiya Arabistoni hukumati umra safari bo'yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko'ra, koronavirusga qarshi emlangan kishilar Ramazon oyidan e'tiboran yil davomida umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin.

Haj va umra vazirligi faqatgina emlangan kishilarning umra amallarini bajarishiga va Masjidul Haromda namoz o'qishiga ruxsat berilishini ma'lum qildi. Bunday kishilar sirasiga vaktsinaning ikki dozasini ham olganlar, ziyoratdan kamida 14 kun oldin bir doza bilan emlanganlar yoki koronavirusdan tuzalganlar kiradi.

1 aprel kuni Haj va umra vazirligi Ramazonda umra amallarini ado etishni istaganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik talab etilmasligini bildirgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!