Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:08
telegram
Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi

 5 APREL, 22:35 108

.

«Aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatiladigan davlat xizmatlari to'g'risida ma'lumot berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat xizmatlari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Markaz aholi va tadbirkorlardan murojaatlarni qabul qilish bo'yicha Yagona davlat xizmatlarini ko'rsatish axborot-aloqa markazi faoliyatini tashkil etadi.

Qaror bilan Markaz tomonidan davlat xizmatlari bilan bog'liq  hamda bog'liq bo'lmagan murojaatlarni qabul qilish va ko'rib chiqish tartiblari belgilandi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini ko'rsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Idoraviy aloqa markazlari tomonidan murojaatlar 20 daqiqa mobaynida qabul qilinadi.

Idoraviy aloqa markazlari, jumladan,murojaatlarni qabul qilish va ularni tegishliligi bo'yicha idoraviy aloqa markazlariga yo'naltirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to'g'risida, davlat xizmatlari bo'yicha maslahatlar berish va so'rovlarni qayta ishlashni amalga oshiradi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!