Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:37
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Bangladeshda parom qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo'ldi

 5 APREL, 22:00 107

.

Bangladeshda taxminan 50 nafar yo'lovchini olib ketayotgan parom yuk kemasi bilan to'qnashib, Shitalakshya daryosiga cho'kib ketdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV.

Halokat kamida besh kishining hayotiga zomin bo'lgan, ko'pchilik bedarak yo'qolgan.

Politsiya vakili Kabir Xusseynning so'zlariga ko'ra, Narayanganjdan parom Munshigand tomon ketayotgan edi.

«Yo'qolganlarni qidirish bo'yicha operatsiya davom etmoqda», - dedi u va ba'zi yo'lovchilar qirg'oqqa suzishga muvaffaq bo'lishganini qo'shimcha qildi.

Qayd etilishicha, paromda me'yoridan ortiq yo'lovchi bo'lgan. 

Hukumat 5 apreldan boshlab mamlakatda COVID-19’ga chalinish holatlarining ko'payishi sababli bir haftalik karantin joriy qilgani uchun odamlar uylariga qaytishga shoshilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!