Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:25
telegram
Rossiya sudi "Tvitter"ga 8,9 million rubl jarima soldi

 5 APREL, 18:25 124

.

2 aprel juma kuni Rossiya sudi AQShning Tvitter ijtimoiy tarmog'ini taqiqlangan materiallarni o'chirib tashlamaganlikda aybdor deb topib, uni jami 8.9 million rubl (116 800 AQSh dollari) miqdoridagi jarimaga tortdi.

Rus hukumati o'tgan oyda Tvitterning tezligini kamaytirganini aytgandi. 16 martga kelib esa Moskva ushbu ijtimoiy tarmoqdagi nomaqbul materiallar, jumladan, bolalar pornografiyasi va giyohvandlik ko'rsatilgan videolar uchun uni mamlakat hududida butunlay taqiqlab qo'yish bilan tahdid qildi.

Tvitter kompaniyasi Moskvaning 2 apreldagi jarimasi bo'yicha izoh bergani yo'q. Ammo, u o'tgan oyda Rossiya hukumatining so'z erkinligiga ta'siridan xavotirda ekanligini aytib, o'zining platformasidan hech qanday noqonuniy xatti-harakatni targ'ib qilishda foydalanishga ruxsat berilmasligini takidlagandi.

Rossiya so'nggi oylarda xorijiy media platformalariga ko'proq ta'sir o'tkazish choralarini ko'rib kelmoqda. Masalan, o'tgan yilning dekabr oyida parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalari Rossiyada taqiqlangan materiallarni o'chirmaydigan platformalarni katta miqdorda jarimalar solishga va hatto Rossiya ommaviy axborot vositalarini «kamsitadigan» bo'lsa, AQSh ijtimoiy tarmog'larini mamlakat bo'ylab butunlay cheklashga imkon berdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!