Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:59
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
O'zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni oshishda davom etmoqda

 31 MART, 11:00 1068

.

2021 yil 30 mart holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 82869 (+187) nafarni tashkil etmoqda.

?Yangi kasallanish holatlarining: ?8 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida, ?2 nafari Andijon viloyatida, ?5 nafari Buxoro viloyatida, ?5 nafari Jizzax viloyatida, ?2 nafari Namangan viloyatida, ?18 nafari Samarqand viloyatida, ?2 nafari Sirdaryo viloyatida, ?1 nafari Surxondaryo viloyatida, ?1 nafari Farg'ona viloyatida, ?1 nafari Xorazm viloyatida, ?32 nafari Toshkent viloyatida, ?110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

⚫️Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 629 nafarga etdi.

♻️Kecha kun davomida: ?Buxoro viloyatida 7 nafar, ?Qashdadaryo viloyatida 1 nafar, ?Toshkent viloyatida 15 nafar, ?Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 80983 (+184) nafarga etdi va sog'ayish ko'rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1257 nafar bemordan 191 nafari og'ir, 85 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!