Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:05
telegram
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hokimlikdagi qimmatbaho mashinalar nega kerakligini ay

 5 APREL, 16:45 128

.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Kun.uz nashirga bergan intervyusida hokimlarning byudjetdan mablag' olib, uni qimmatbaho avtomashinalar sotib olishga sarflashiga to'xtalib o'tdi.

U mashinalarni zarur holda olish kerakligi, bu narsa chet eldan keladigan invertorlarni kutib olishga mo'ljallangani, shu orqali ko'plab investitsiyalar kelishi mumkinligini ta'kidladi.

«Ortiqchasi dabdaba hisoblanadi, lekin zaruri bor. Men o'zim kelib mashina olganim yo'q, borlaridan foydalanyapman. O'tgan oy Pokistonning Panjob viloyati gubernatori keldi. 110 mln aholisi bor viloyat gubernatori Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Men kelishini o'ylamagan edim. Shahar hokimligini yuborganimda, bizni qabul qilishgan. Butun jahondagi hokimiyat tizimida u erdagi viloyatning gubernatori juda ham „katta“ odam hisoblanadi. Bu diplomatik munosabatlar uchun kerak. U kelganida bizning kutib oladigan mashina bo'lmasa yoki arzon mashina bo'lsa… Bu orqali ko'plab investitsiya kelishi mumkin. Masalan, chet eldan juda katta investorlar, millionerlar keladi. Ularni kutib olish uchun yaxshi sharoit bo'lishi kerak. O'rinbosarlar masalasiga kelsak, ular chiqib kimnidir kutib olsa o'sha insonlar ham shunga qarab baho beradi», — dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Hokimning aytishicha, mashinalar uchun ortiqcha harajat qilishning o'rniga shu pullarni yo'lga, suvga, kambag'allikni qisqartirishga sarflash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!