Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:39
telegram
IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi

 5 APREL, 15:45 108

.

IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentga mashhur tabib Ali Maxmus Hasan keldi” nomli turli hil ma'lumotlar tarqalmoqda.

Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur'on oyatlarini o'qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo'lmagan (falaj, ko'zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma'lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e'tiborini o'ziga tortib kelmoqda.

Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo'lib, shov-shuvga aylanib borayotgan, fuqarolarni tez to'planib qolishiga olib kelayotgan holatlari kuzatilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma'lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so'raymiz", deyiladi bayonotda.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!