Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:08
telegram
AstraZeneca vaktsinasini qabul qilgan 55 yoshli ayolning ahvoli yomonlashdi

 5 APREL, 15:40 128

.

Ispaniyada AstraZeneca vaktsinasini olgan ayolda miya trombozi aniqlandi. 

Bemor 55 yoshda va Asturiyada yashaydi. U hozir kasalxonada, ahvoli barqaror. Asturiya sog'liqni saqlash kengashi uning holati yaqinda qo'llanilgan AstraZeneca vaktsinasi bilan bog'liqligini tekshirmoqda.

Ispaniyada jami 1,7 million bemor AstraZeneca vaktsinasini olgan.

Mart oyida Evropa Ittifoqida AstraZeneca bilan emlangan ba'zi bemorlarda xavfli asoratlar paydo bo'lgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Avstriya birinchi bo'lib signalni berdi, u erda bir kishiga emlashdan keyin tromboz tashxisi qo'yilgan va u emlashdan 10 kun o'tgach vafot etgan. Avstriyadan keyin boshqa Evropa mamlakatlaridan asoratlar to'g'risida ma'lumotlar kela boshladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!