Davriy nashrlar obunasi uchun o'tkazilgan pul mablag'lari talon-toroj qilindi
5 APREL, 15:30
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho'l tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “H.Y.” va “P.M.” MChJ mansabdor shaxslari hisob-raqamlariga 2020 yildagi davriy nashrlarga obuna bo'lish uchun o'tkazilgan 91,1 mln so'mni tahririyatlarga o'tkazmasdan, rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Manba: aniq.uz