Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:21
telegram
Toshkent bozorlarida yog'ga yana turnaqator navbatlar paydo bo'lmoqda

 5 APREL, 14:40 136

.

Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga yana turnaqator navbatlar paydo bo'libdi. Xususan, “Aviasozlar” dehqon bozorida kungaboqar yog'i ur-yiqit talash. Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasiga yaqinlashib bo'lmaydi. Sababi, bu erda kungaboqar yog'ining litri 14500 so'mdan sotilyapti. Boshqa joylarda esa bunday yog'ning o'rtacha bahosi 20 000 so'm atrofida. 

Sotuvchi baqirib, ogohlantiradi: “Endi boshqa navbatga turmang, yog' etganicha sotamiz”. Bu esa umidvor bo'lib turgan o'rtahol odamlarning asablarini o'natadi. Axir, o'ziga to'q odam hozirgi karantin paytida sog'lig'ini xavfga qo'yib, o'zini olamon ichiga urarmidi?! “Terminal ishlamayapti, bir kishiga ikki butilkadan yog' sotiladi!” deya qichqirishini qo'ymaydi sotuvchi yigit. Shuning uchun ko'plab oilalar bola-chaqasi bilan navbatda turishibdi...

 Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi rastasida yog' va shakardan boshqasi narsa yo'q. Uzr, adashibman. Rossiyadan keltirilgan  quyultirilgan sut ham bor ekan. Uni hech kim so'ragani ham yo'q. Hamma yog' dardida. Bunday nomigagina tashkil etilayotgan yarmarkalar bilan narx barqarorligini ushlab bo'ladimi? Aholining yog'ga bo'lgan ehtiyojini-chi? Aslo! 

Bu navbatlar bekorga paydo bo'layotgani yo'q. O'simlik yog'i allaqachon narxi tez oshib borayotgan mahsulotlar tarkibidan joy olgan. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga qaraganda, o'simlik yog'ining o'rtacha narxi 17 foiz ko'tarilgan. Yog'-moy sanoati korxonalari uyushmasi esa bu holatni katta hajmda oziq-ovqat xom ashyolarini etishtiradigan davlatlar eskport hajmini kamaytirgani bilan bog'lab keladi. 

Yog', shakar kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojimizni ta'minlash uchun qachongacha chetga ko'z tikib o'tiramiz? 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!