Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:03
telegram
Mbappe Tokio-2022 Olimpiadasida qatnashmaydi, chunki...

 31 MART, 09:00 548

.

PSJ klubi Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Tokioda o'tadigan Olimpiya o'yinlariga bormaslik qaroriga keldi.

Le Parisien nashrining xabar qilishicha, 22 yoshli futbolchi o'z mamlakati jamoasi bilan Tokiodagi Olimpiadaga borishni orzu qilgan. Biroq yozgi o'yinlarning surilgani va Evro—2020 musobaqasi sabab yuzaga kelgan tig'iz taqvim tufayli bu qaroridan voz kechgan.

Evro—2020 musobaqasi 2021 yilning 11 iyunida boshlanib, 11 iyulga qadar davom etadi. Olimpiada esa 21 iyuldan 7 avgustga qadar o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, har ikki musobaqa avvaliga 2020 yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, biroq koronavirus sabab 2021 yilga qoldirilgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!