Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:06
telegram
Surxondaryoda ikki yigit ichki ishlar xodimlarini do'pposladi

 5 APREL, 12:35 105

.

Ichki ishlar organi xodimlari tunda Sharg'un shahri hududida xizmat vazifasini o'tayotganda, shaxsini tekshirish va ogohlantirish maqsadida ko'chada yurgan J.B. va T.S.ga murojaat qilishadi. 

Ikki yigit esa hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo'ysunish o'rniga, ularga faol qarshilik ko'rsatadi. IIB xodimlarini urib, turli xil so'zlar bilan haqorat qiladi. Natijada, xizmat vazifasini o'tayotgan uch xodim «engil» tan jarohati oladi.

Shuningdek, I.N.ga tegishli «Matiz» rusumli avtomashinaning orqa o'ng tomon eshigini tepib, shikast etkazdi. 

Mazkur holat bo'yicha JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!