Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:46
telegram
O'zbekistonda xususiy klinikalar ham "COVID-19"ga qarshi emlash o'tkazishi mumkin, faqat..

 31 MART, 09:00 2223

.

O'zbekistonda nodavlat tibbiyot muassasalariga ham koronavirus infektsiyasiga qarshi pulli emlashni amalga oshirishiga ruxsat beriladi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov «O'zbekiston 24»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Kasallik xavfli bo'lganlar ro'yxatiga kiritilmagan kishilar uchun pullik emlash rejali emlash majburiyati bo'lmagan nodavlat emlash punktlari va tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Tabiiyki, har bir holatda sanitariya-epidemiologiya ta'minoti xizmatining hududiy markazlari tomonidan tashkilotlarning vaktsinasiya qilish talablariga qay darajada javob berishini inobatga olgan holda maxsus ruxsatnoma beriladi», — degan Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov birinchi navbatda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan muassasalar, tez tibbiy yordam, shoshilinch tibbiy yordam tizimi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, koronavirusga laboratoriya tashxisi bilan shug'ullanadigan xodimlar va ambulatoriya, poliklinika xizmati xodimlari emlanishini eslatib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 2021 yil 1 apreldan boshlanadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!