Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:37
telegram
Tramp Coca-Cola va beysbolga boykot e'lon qildi

 5 APREL, 10:55 107

.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni Jorjiya shtatidagi yangi saylov qonunchiligiga qarshi chiqqan kompaniyalarni boykot qilishga chaqirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

“Beysbol (Beysbolning oliy ligasi) va erkin, adolatli saylovlarga xalaqit beradigan barcha kompaniyalarga boykot e'lon qiling. Coca-Cola, Delta Airlines va boshqalar ham shu kompaniyalar sirasiga kiradi" - dedi u. Ushbu kompaniyalarning shtab-kvartirasi Jorjiyada joylashgan.

MLB yangi saylov qonuni tufayli o'yinni Atlantadagi "Braves" beysbol jamoasining uy maydonidan boshqa joyga ko'chirdi, deb ta'kidladi manba.

Trampning so'zlariga ko'ra, MLB rahbariyati "radikal so'l demokratlardan qo'rqib ketdi", chunki partiya qonun tufayli iyul oyidagi o'yinni boshqa kunga ko'chirishni talab qildi. AQShning sobiq prezidenti "beysbol allaqachon katta izdoshlarini yo'qotmoqda", deb qo'shimcha qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!