Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:47
telegram
Tanishini suratlarini tarqatish bilan qo'rqitib, pul talab qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

 5 APREL, 10:35 79

.

2021 yil 02 aprel kuni Samarqand shahri bo'yicha IIO FMBga, A. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Taraqqiyot ko'chasida yashovchi, 1993 y.t. tanishi F.V., uning rasmlarini internet tarmog'i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo'rqitib, ushbu suratlarni tarqatmasligi evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo'li bilan talab qilib kelayotganini bildirgan.

Arizaga asosan, 2021 yil 02 aprel kuni Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazilib, F.V. ariza muallifidan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!