Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:57
telegram
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi

 5 APREL, 10:25 98

.

Hurmatli hamyurtlar!

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali echim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo'mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar tashkil etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo'lib, murojaatchilar bilan muloqot o'tkazishadi.

Shu kunga qadar ommaviy qabullar Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida bo'lib o'tdi. Navbatdagi qabullar manzili – Jizzax va Sirdaryo viloyatlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi esa Sirdaryo viloyatida 8 – 10 aprel kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o'tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma'lum qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.


Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi


Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!