Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:32
telegram
Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan maishiy texnika vos

 5 APREL, 10:10 113

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari mansabdor shaxslari, “A” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib,  o'rtacha bozor bahosi 338,4 mln so'mni tashkil etuvchi 126 dona turli maishiy texnika vositalarini 653,1 mln so'mga ya'ni, 314,7 mln so'mga qimmat narxlarda xarid qilishib, byudjet mablag'larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!