Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:00
telegram
Imom AQSh senatorlariga Qur'on o'qib berdi

 5 APREL, 05:05 117

.

AQShning Oklaxoma shtati musulmonlari tarixiy lahzani nishonladi - imom shtat Senatining yig'ilishi boshlanishidan oldin islomiy duo o'qidi. Imad Inshassi Oklaxoma tarixida davlat qonunchilari oldida arab tilida muqaddas matnni o'qigan birinchi musulmon etakchisiga aylandi.

Imom Inshassi 2017 yilda Senat yig'ilishida ishtirok etish uchun murojaat qildi, ammo sababi ko'rsatilmasdan rad etildi. Islamisemya.com xabariga ko'ra, keyinroq kapellanlarning ishtirok etish uchun qoidalar o'zgartirildi va nasroniy bo'lmagan ruhoniylaring senatorlar majlislarida ishtirok etishi uchun ruxsat berildi.

Imom Inshassi norozilik namoyishlariga chiqqanlarga uchramaslik va mas'uliyatli nutqqa ruhiy tayyorgarlik ko'rish uchun Senatga 2 soat oldin kelgan. Qur'ondan parchalar o'qib bo'lgach, bir necha senator musulmon etakchisiga yaqinlashib, uni qo'llab bag'riga bosdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!